Pul hisobi o‘zi yuritiladi.

“taksi 25000” deb yozing yoki bank SMS’ini uzating. Pulify uni o‘qiydi, kategoriyaga ajratadi va har bir hamyonni yangilab boradi. Hammasi Telegram ichida.

Pulifybot
Xabar

Shu yerda sinab ko‘ring

Botga qanday yozsangiz, shunday yozing. Summa qayerda turishi muhim emas.

Yozing, natija shu yerda paydo bo‘ladi.

Summa
45 000 so‘m
Izoh
tushlik
Kategoriya
Food
Hamyon
Naqd
Bugun jami45 000 so‘m

Bank SMS’ini o‘qiydi

@HUMOcardbot yoki @CardXabarBot xabarini uzating. Summa, do‘kon, karta, vaqt va balans o‘zi ajratiladi; siz faqat kategoriyani bosasiz.

Forwarded from HUMO Card💸 Оплата➖ 184 500.00 UZS📍 KORZINKA CHILONZOR💳 HUMOCARD *4417🕓 18:42 23.10.2026💵 2 315 500.00 UZSBo‘sh joy va nuqta: 184 500.00
Summa
−184 500
Do‘kon
KORZINKA CHILONZOR
Karta
Humo •4417
Vaqt
23.10.2026 · 18:42
Balans
2 315 500

Hamyon balansi bankdagi raqamga tenglashtirildi

Hamma pul bir oynada

Naqd, kartalar, dollar, oilaviy xarajatlar va oylik limitlar: barchasi bitta botda, bitta hisobda.

Hamyonlar

Har bir karta va naqd pul o‘z balansi bilan. So‘m yoki dollar.

  • Naqd412 000
  • Humo •44172 315 500
  • Uzcard •88021 204 000
  • Dollar$340.00

Oilaviy hamyon

Havola bilan ulashing. Har kimga o‘z huquqi: qo‘shish, tahrirlash yoki faqat ko‘rish.

  • Azamategasi
  • Dilnozaqo‘shadi
  • Onamko‘radi

Dilnoza · Chorsu · 96 000

Byudjet

Oylik limit qo‘ying. 90% da bot ogohlantiradi.

  • Transport92%
  • Food74%
  • Entertainment52%

Transport 92%: ogohlantirish yuborildi

Hisobotlar

Kun, hafta, oy. Telegram ichidagi ilovada grafiklar.

3 390 000 so‘mOktabr: Food 54%
FoodBillsTransportEntertainmentOther

Doimiy to‘lovlar va qarzlar

Ijara, obuna, kimga qancha qarzingiz bor: o‘z vaqtida eslatma.

Excel’ga eksport

Barcha yozuvlar bitta faylda, bitta tugma bilan.

13 soniyada boshlang

Ilova o‘rnatish, ro‘yxatdan o‘tish va parol yo‘q. Pulify sizni Telegram akkauntingizdan taniydi.

  1. 5 s

    t.me/pulifybot’ni oching

    Start’ni bosing va tilni tanlang.

  2. 4 s

    Birinchi xarajatni yozing

    “taksi 25000” va bitta tugma.

  3. 4 s

    Kartani ulang

    Humo yoki Uzcard SMS’ini uzating.

Jami 13 soniya

Narxlar

Bepul boshlang. Oila yoki ko‘p karta kerak bo‘lsa, Pro’ni yoqing.

Bepul

0 so‘m, doim

  • Matn va bank SMS orqali yozish
  • 2 ta hamyon
  • Kun, hafta va oy hisoboti
  • O‘zbek, rus, ingliz tili
Boshlash

Pro

29 000so‘m / oy

  • Cheksiz hamyonlar
  • Oilaviy hamyon va huquqlar
  • Byudjet va ogohlantirishlar
  • Doimiy to‘lovlar va qarzlar
  • Excel’ga eksport
Pro’ni yoqish

Savollar

Pulify karta raqamimni saqlaydimi?

Yo‘q. Bank xabaridan faqat kartaning birinchi 4 va oxirgi 4 raqami olinadi, qaysi hamyonga yozishni bilish uchun. To‘liq raqam, PIN yoki SMS kod hech qachon so‘ralmaydi.

Qaysi bank xabarlarini tushunadi?

Hozircha @HUMOcardbot va @CardXabarBot xabarlarini. Boshqa xabarlar uchun summani qo‘lda yozasiz, bu bir soniyalik ish.

Biror narsa o‘rnatish kerakmi?

Yo‘q. Pulify bu Telegram bot va Telegram ichidagi ilova. Telefon, planshet yoki kompyuterdagi Telegram yetarli.

Qaysi tillarda ishlaydi?

O‘zbek, rus va ingliz tillarida. Til Telegram sozlamangizdan olinadi, istalgan vaqt /language buyrug‘i bilan o‘zgartirasiz.

Dollarda ham hisob yuritsa bo‘ladimi?

Ha. Har bir hamyon so‘mda yoki dollarda bo‘ladi. Hamyonlar orasida o‘tkazmada kursni o‘zingiz kiritasiz.

Yozuvlarimni olib keta olamanmi?

Ha. Barcha yozuvlarni bitta tugma bilan Excel faylga yuklab olasiz.

Toshkent metrosi, Kosmonavtlar bekatining ko‘k koshinli devori

Birinchi yozuvgacha 13 soniya.

Bot bepul ishga tushadi. Pro’ni keyin, kerak bo‘lsa yoqasiz.

@pulifybot’ni ochish